PROTON TERAPIYASI MARKAZI


2017 yil sentyabr oyidan boshlab MIBS (Sergey Berezin nomidagi tibbiyot Instituti, Sankt-Peterburg) klinikasi tarkibida Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida birinchi bo'lgan Proton terapiyasi klinik markazi ishlab kelmoqda, u saraton kasalligini  nurlanish bilan davolashning eng zamonaviy usulini taklif etadi.
 
Biz har qanday lokalizatsiyadagi o'simtalari, qon tomir rivojlanishi illatlari va funksional patologiyasi bo'lgan bemorlarga zamonaviy yuqori malakali radiojarrohlik va nur bilan davolashni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarga egamiz.

 
Malakali xodimlarimiz: ma'murlar, hamshiralar, mutaxassislar (neyrojarrohlar, onkologlar, rentgenologlar va tibbiy fiziklar) – mamlakatimizdagi A.L.Polenov nomidagi Neyrojarrohlik ilmiy-tadqiqot instituti va N.N.Petrov nomidagi Onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti kabi yetakchi muassasalarda yetuk tajriba olganlar, ko'plab shifokorlarimiz va tibbiy fiziklarimiz dunyoning yetakchi klinikalarida ko'p yillar ta'lim olib kelganlar.
 
Neyrojarrohlik bemorlarni davolash sohasida faol va samarali hamkorlik S.M.Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasining Neyrojarrohlik klinikasi mutaxassislari bilan amalga oshiriladi.
Teletibbiyot imkoniyatlari tufayli MIBS (Sergey Berezin nomidagi tibbiyot Instituti, Sankt-Peterburg) radiojarrohlik markazi shifokorlari Yevropa va Yaponiyaning yetakchi mutaxassislaridan maslahat olishlari va ma'lum bir bemorni birgalikda davolash rejasini tuzishlari mumkin.