BOLALAR ONKOLOGIYASI

Bolalardagi xatarli o'simtalarning aksariyati jarrohlik, kimyoviy terapiya va nurlanish yo‘li bilan davolanadi. An'anaviy nur terapiyasi mustaqil va qo'shimcha davolash usuli sifatida yetarlicha samarali bo'lishi mumkin. Ammo uning bolalarga uzoq muddatli ta'sir ko‘rsatadigan nojo‘ya samaralari mavjudligi isbotlangan, ushbu samaralar orasida, masalan, davolash zonasida suyak va yumshoq to'qimalar o'sishining pasayishi, gormonlar yetishmasligi, intellektual rivojlanishning sekinlashishi, shu jumladan neyrokognitiv yetishmovchilik va kechroq yoshda ikkilamchi o'simtalar mavjud.

Proton terapiyasi - bu nur terapiyasining eng zamonaviy shakli bo'lib, u atrofdagi sog'lom to'qimalarga ta'sir qilmasdan o'simtani aniq nishonga oladi. Ushbu afzalliklari voyaga yetmaganlarda onkologiyani davolashda tengsiz hisoblanadi.


Proton terapiyasi - standart nur terapiyasi yordamida davolab bo‘ladigan xatarli va xatarsiz o'simtalarni nurlantirishning ilg'or varianti. Bosh miyasida, boshida, bo'yinida, umurtqasida, yuragida, o'pkalarida va radiatsiyaga sezgir bo'lgan tananing boshqa sohalarida o‘smalari bo‘lgan bolalar oldingi avlod radiatsiya tezlatgichlaridagi nurlanish bilan bog'liq salbiy ta'sirlarga duchor bo‘lmasdan, nur terapiyasidan foyda olishlari mumkin.

Proton terapiyasi bolalarda quyidagi saraton turlarida qo'llanilishi mumkin:

  • astrositoma 
  • bosh miya o‘smalari 
  • qon tomir qobiqli karsinomasi 
  • kraniofaringioma 
  • ependimoma 
  • Yuing sarkomasi 
  • glioblastoma 
  • glioma 
  • germinoma (pusht hujayralarning bosh suyagi ichidagi o‘smalari) 
  • optik yo'llar/gipotalamus gliomasi  
  • medulloblastoma 
  • meningioma 
  • neyroblastoma
  • ko‘rish nervi o‘smasi
  • retinoblastoma 
  • primitiv neyroektodermal o'simta (PNET) 
  • rabdomiosarkoma 
  • osteosarkoma 
  • teratoma

Qalam tutami bilan skanerlash

MIBS (Sergey Berezin nomidagi tibbiyot Instituti, Sankt-Peterburg) proton terapiyasi markazi kichik bemorlarni davolashning yanada ilg'or usulini taklif qilishi mumkin - qalam tutami bilan skanerlashni (PBS). Ushbu usul proton terapiyasida eng aniq va ayovchi usul hisoblanadi

 

Bu qanday ishlaydi

Diametri millimetrdan kam bo'lgan, ko'p sonli magnitlar tomonidan boshqariladigan protonlarning tor tutami, xuddi ingichka charxlangan qalam uchi bilan o'simtani chizayotgandek, zararlangan sohaning har bir qatlamini skanerdan o'tkazadi. U o'simtaning shaklini aniq takrorlab va davolash zonasining butun hajmini radiatsiya dog'lari bilan "to'ldirib", o‘simtaning ichiga kirib boradi, dog‘larning soni har bir muolajada 1000 dan 2000 gacha bo'lishi mumkin.

Imkonli maksimal nurlanish dozalarini minglab nuqtalarga yetkazish uchun atigi bir necha daqiqa vaqt ketadi. Bu zamonaviy yadro tibbiyotida o'smirlarda saraton kasalligini davolashning eng yaxshi usuli hisoblanadi, ayniqsa, agar o'simtalar nostandart shaklga ega bo'lsa yoki tanadagi muhim tuzilmalar yoki muhim organlar ichida yoki yonida joylashgan bo'lsa.



 

Davolash qanday kechadi?

Muolajalar har bir bemorning tibbiy holatiga qarab farq qilishi mumkin bo'lsa-da, ko'pchilik bolalar dushanbadan jumagacha har kuni besh-olti hafta davomida davolanadilar. Bola sedativ vositalar ta’sirida bo‘lishiga qarab muolajalar kuniga 30 daqiqadan 1,5 soatgacha davom etishi mumkin.